Islom dini biz insonlarni o‘qishga, izlanib-o‘rganishga, bilimli bo‘lib unga amal qilishga buyuradi. Ko‘pchilikimizga ma’lumki, Alloh taoloning kalomi Qur’oni karimning dastlab nozil bo‘lgan oyati ham o‘qishga targ‘ib qiladi. Ilmli kishilar bilan ilmsiz kishilar haqida va boshqaIlm bilan bog‘liq oyati karimalar ko‘plab topiladi va bu borada Payhambarimiz Muhammad sallalohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisi shariflar ham anchagina. Shu mavzuda rivoyat qilingan hadislardan biri Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) dan rivoyat qilingan:
قال النبى عليه السلام من تعلم بابا من العلم ينتفع به فى آخرته و دنياه اعطاه الله تعالى خيرا له من عمر الدنيا سبعة آلاف سنة صيام نهارها و قيام لياليها مقبولا غير مردود
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: “Har kim (ustozning oldiga borib) ilmdan bir bob o‘qisa, bunday kishi dunyoda ham, oxiratda ham ilmidan foyda topadi. Alloh taolo ming yilgacha unga har kuni ro‘za tutuvchi va har kechasini bedor o‘tkazib ibodat qiluvchining savobini ato qiladi”. Bu hadisda ilm o‘rganishdan hosil bo‘ladigan savoblar nafl ibodatlarni qilib savob hosil qilishdan ancha ko‘p ekanligini bilamiz.
Boshqa bir hadisda Payg‘ambar alayhissalom aytdilar:
فال النبى عليه السلام انا مدينة العلم وعلى بابها
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar, “Men ilmning shahridurman va Ali o‘sha shaharning darvozasidir”. Bu hadisning bir necha xavorijlar eshitib, hasad qildilar va kengashib aytdilar. Bizlardan o‘n kishi yolg‘iz-yolg‘iz borib, Alidan bitta masalani so‘rab ko‘ramiz. Agar har birimizga boshqa javob bersa, Muhammadning so‘zi rost bo‘ladi. Alining olimligini tan olamiz. Shunday deb, Alini imtihon qilmoqchi bo‘ldilar. Ulardan birihazrat Ali (r.a.)ning huzurlariga kelib:
– Ey Ali, ilm afzalmi yoki mol afzalmi? – deb so‘radi.
Hazrat Ali:
– Ilm afzal, – deb javob berdilar.
Havorij:
– Qaysi dalil bilan ilm afzal? – dedi.
Hazrat Ali:
– Ilm payg‘ambarlardan qolgan meros, mol esa kofirlardan qolgan merosdir, – dedilar.
Xavorij ketdi, boshqasi kelib:
– Ey Ali, ilm afzalmi yoki mol afzalmi? – deb so‘radi.
Hazrati Ali (r.a.):
– Ilm afzal, – deb javob berdilar.
– Qaysi dalil bilan ilm afzal? – so‘radi xavorij.
– Ilm senga saqlovchi va qo‘riqchidir, ammo sen molga qo‘riqchi va qo‘rg‘on bo‘lasan – dedilar Ali (r.a.).
Shundan so‘ng u ham ketib, uchinchisi keldi va so‘radi:
– Ey Ali, ilm afzalmi yoki mol afzalmi?
Hazrat Ali (r.a.):
– Ilm afzal, – deb javob berdilar.
– Qaysi dalil bilan ilm afzal? – dedi xavorij.
– Moli ko‘p kishining dushmani ko‘p bo‘ladi, ilmlik kishining do‘sti ko‘p bo‘ladi, – dedilar Ali (r.a.).
So‘ngra u ham ketib, to‘rtinchisi keldi va so‘radi?
– Ey Ali, ilm afzalmi yoki mol afzalmi?
– Ilm afzal, – dedilar Ali (r.a.).
– Qaysi dalil bilan ilm afzal? – so‘radi havorij.
– Molni sarflasang kamayadi, ilmni sarflasang ko‘payadi, – dedilar Ali (r.a.).
U ham ketib, beshinchisi keldi va so‘radi:
– Ey Ali, ilm afzalmi yoki mol afzalmi?
– Ilm afzal, – dedilar Ali (r.a.).
– Qaysi dalil bilan ilm afzal? – dedi xavorij.
– Mol ko‘p kishi baxillik va laimlik nomi bilan eslanadi. Ilmli kishi kattalik va hurmatlik sihati bilan yodga olinadi, – deb javob berdilar Ali (r.a.).
So‘ngra u ham ketib, oltinchisi keldi va so‘radi:
– Ey Ali, ilm afzalmi yoki mol afzalmi?
– Ilm afzal, – javob berdi Ali (r.a.).
– Qaysi dalil bilan ilm afzal? – so‘radi xavorij.
– Molni o‘g‘ridan asrash zarur, ammo ilmni asrashning hojati yo‘q, chunki uni o‘g‘ri ololmaydi, – dedilar Ali (r.a.).
So‘ngra u ham ketib, yettinchisi keldi va so‘radi:
– Ey Ali, ilm afzalmi yoki mol afzalmi?
– Ilm afzal, – dedilar Ali(r.a.).
– Qaysi dalil bilan ilm afzal? – dedi xavorij.
– Boy kishi qiyomatda molidan hisobga tutiladi. Olim kishining ilmidan hisob olinmaydi, – dedilar Ali (r.a.).
So‘ngra u ham ketib, sakkizinchisi keldi va so‘radi:
– Ey Ali, ilm afzalmi yoki molmi?
– Ilm afzal, – dedilar Ali (r.a.).
– Qaysi dalil bilan ilm afzal? – deb so‘radi xavorij.
– Mol ko‘p tursa eskirib, chirib qolib, nobud bo‘ladi, ammo ilm ko‘p zamon tursa ham tobora quvvat hosil qiladi, – dedilar Ali (r.a.).
Shundan so‘ng u ham ketib to‘qqizinchisi keldi va so‘radi:
– Ey Ali, ilm afzalmi yoki mol afzalmi?
– Ilm afzal, – dedilar Ali (r.a.).
– Qaysi dalil bilan ilm afzal? – deb so‘radi xavorij.
– Mol dilni xira va qora qiladi, ammo ilm dilni ravshan va munavvar qiladi, – dedilar Ali (r.a.).
So‘ngra u ham ketib, o‘ninchisi keldi va so‘radi:
– Ey Ali, ilm afzalmi yoki mol afzalmi?
– Ilm afzal, – dedilar Ali (r.a.).
– Qaysi dalil bilan ilm afzal? – deb so‘radi xavorij.
– Kimning moli ko‘p bo‘lsa, mast bo‘lib, Fir’avndek xudolikni da’vo qiladi, agar ilmi ko‘p bo‘lsa, payg‘ambarlardek shikastalik bilan bandalik qiladi, – dedilar Ali (r.a.).
Shundan so‘ng havorijlarning hammasi hazrati Ali(r.a.)ning olimligiga va Payg‘ambar alayhissalomning rostgo‘yliklariga tasdiq qilib, musulmon bo‘lgan ekanlar. Shunda Hazrati Ali ularga:
– Agar umrimning oxirigacha ilmning fazilati haqida so‘rasangiz ham har biringizga boshqa-boshqa javob berar edim, – degan ekanlar.
Xulosa o‘rnida shuniaytish mumkinki, ilmning o‘rnini bosadigan biror narsa yo‘q. Xozirgi kunimizda ham yerning ostiyu-ustini o‘rganib yangilik qilish ham koinot va sayyoralarni kuzatish, u yerga borish, hatto u yerda bizning yashab turgan dunyomizdagidek hayot kechirish haqida olimlar o‘ylab, ilmiy izlanishlar olib boryabtilar. Bu ishlarningasosi ilmga borib taqaladi. Xozirgi ilm-fan taraqqiy etgan bir paytda, ilm o‘rganmaslik, undan uzoq bo‘lish, dinimiz ko‘rsatmalariga ochiqdan-ochiq xilofdir. Bu dunyoda mustaqil holda yashash, farzandlarni ertangi kunini taminlab qo‘yish ham ilmga borib taqaladi. Bu davr talabidir.
Mir Arab oliy madrasasi talabasi
Abdullayev Otabek