ILMNING FAZILATI!
Muallif: . .
Sana: 23.05.2024
228

Insonni eng go‘zal suratda yaratgan unga iymon neʼmatini bergan Alloh taologa behisob hamdu-sanolar bo‘lsin. Olamlar sarvari, faxri koinot Muhammad Mustafo hazratlariga, u zot oila aʼzolariga, sahobalarga salovatlar salomlar bo‘lsin.

Alloh taolo biz bandalarini yaratgandan soʻng bizlarni bu dunyoda baxtli-saodatli bo‘lishimiz yoʻllarini koʻrsatib qo‘ydi. Yer yuziga o‘zini birinchi farmonini tushirdi. Ya`ni “Iqro” deb bandalariga nido qildi. Bizlarni o‘qib bilim olishimizga buyurdi. Yuragi dukkillab urib turgan, qalbi tirik va basiyrat ko‘zi ochiq insonlarni ogohlantirdi. Oʻqib, bilimli boʻlib, O‘z roziligiga erishishni o‘rgatdi.

Zotan, Alloh taolo: “Bilinki, albatta, Allohdan o‘zga iloh yo‘q”[1]degan, yani ilimga chaqirish bilan boshlagan. “Ulamolar paygʻambarlarning vorislaridir.Ular ilmni meros qilib qoldirishgan. Kim uniolsa, toliq nasiba olibdi”.Kim ilm talab qilib yolga chiqsa, Alloh unga jannat sari yo‘lni oson qilib qo‘yadi.[2]

Ilmga bundan ortiq targʻib boʻlmasa kerak. Har bir insonning oily maqsadi –jannat.Jannatga erishish uchun u har narsaga, har qanday mashaqqatga tayyor turadi. Ilmtalab qilish esa jannat yo‘liga tushishning avvali ekan. Ilm yoʻlidan brogan odamni hoyati jannatning eshigi oldidan chiqgay inshaalloh![3]

Bizlarni ilm olishdanasosiy maqsadimiz Allohning roziligini topib, jannat kalitini qoʻlga kiritib, jahannam azobidan o‘zimizni, avlodlarimizni va boshqalarni qutqarish bilan bir qatorda davlatimiz ravnaqi, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun ham o‘qishimiz juda zarurdir.

Alloh bizni ilm olishimiz uchun juda ko‘p Paygʻambarlar, Nabiylar va anbiyolarni yubordi. Bu Allohning suyukli elchilari o‘z ummatlariga ilm olib Allohni tanishni,ikki dunyoda baxtli yashash yoʻllarini oʻrgatdilar. Bandalar ichidan esa o‘z-o‘zidan olimlar yetishib chiqdilar. Ularyaʼni bu olimlar insonlarga ilm fazilati haqida juda ko‘plab kitoblar yozib meros qoldirdilar. Ilmning fazilatlari va ilmli insonning darajasini aytib, yozib tugatib bo‘lmaydi.

Ilm insonlarga berilgan Allohning hadiyasidir. Ilm bilan banda xatto farishtalar darajasidan ham yuqori martabada boʻlishi mumkinligi ulugʻ kitoblarimizda yozilgan. Olim bilan johil yaʼni oʻqimagan insonning teng emasligi Qur’oni Karim oyatlarida ham aytilgan. Ey paygʻambar! ”Bilganlar bilan bilmaganlar teng bo‘larmidi?! Deb ayting”. Albatta, teng bo‘lmaydilar. Biladiganlar iymon keltirib ibodat qiladilar. Bilmaydiganlar kufur keltirib isyon etadilar.[4] Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: “Olimlarning darajasi ilm olmagan moʻminlarning darajasidan yeti yuzdaraja yuqoridir. Har darajasining orasi besh yuz yillik yo‘lga teng”.

Insonning eng katta dushmani bu uni ilmsizligidir. Ilmsizligi tufayli o‘z farzandlarini o‘qitmay, jamiyatimiz uchun biror foyda keltirmaydiga ninson qilib tarbiyalaydi Ilm qulni ham shohga aylantiradi.

Paygʻambarimiz sollollohu alayhi vasallam yana marhamat qiladilar: “Himmat sharafli kishining sharafini ziyoda etadi va qulni podishohlar darajasiga kotaradi”. Bu hadisda limning dunyoda samarasi bayon qilingan ammo oxiratdagi mevasi undanda xayrli ham daabadiydir.[5]

Ilmli inson o‘z ilmi tufayli insonlarga ulkan meroslar qoldiradi. Shu sababli vafotidan keyin ham nomi abadiy yashab qoladi. Darajasi Alloh taolo oldida ham, bandalar oldida ham juda yuqori bo‘ladi.

Bunga yaqqol misol qilib Imom Al-Buxoriy hazratlari, Imom Termiziy Hakim Termiziy, Imom Motrudiy, Margʻiloniy So‘fi Olloyor hazratlari yana minglab-millionlab yana nomlar keltirishimiz mumkin. Lekin qanchadan qancha podsholar nomi insonlar xotirasidan o‘chib ketganligini bilamiz.

Agar biror inson ilm oʻrganish uchun yo‘lga chiqsa hatto farishtalar unga qanotlarini yozadi degan Rosululloh sollollohu alayhi vasallamning mashhur hadislari bor. “Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qoyadilar”. Bazi ta’villarda ularning ayoq ostilariga qanotlarini qoyadilar deyilgan. Boshqa bir ta’vilda esa “Farishtalar uchishdan toʻxtab ilm bilan mashg’ul kishilarni oʻrab oladilar, ularning rahmatlari va nurlaridan iqtibos olishga urinadilar” deyilgan. Nima boʻlganda ham, ushbu jumla tolibi ilmlarning islomda qadrlari balandligi va ilm talab qilish ulug’ darajada ekanini ko‘rsatadi.[6]

Hatto unga Alloh taolo jannat eshiklarini ochib qo‘yadi degan va’dalari haqida eshitganmiz.

Taraqqiyoti juda rivojlangan davlatlar o‘z yer osti va yer usti boyliklari bilan emas balki ilmli olimlari bilan faxrlanadilar.

Rivoyatlarda kelishicha Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bir kuni men ilmni shahridirman, Hazrati Ali darvozasidir dedilar. Shunda hasadchi mushriklar Hazrat Alini sinab ko'rish uchun o‘n nafari bir xil savol bilan, Hazrat Ali oldilariga keldilar. Ey Ali ilm yaxshimi yomol yaxshimi? Deb savol berdilar. Hazrati Ali ularni har biriga ilmni afzalligini, boylikni foniy narsa ekanligini asoslari bilan tushuntirib juda chiroyli holatda o‘ntalariga o‘nxil javob berdilar. Yanaaytadilarki agar sizlar umrimni oxirigacha shu savolni bersangizlar edi, hammalarizga har xil javob bergan bo‘lar edim deb o'zini kuchli ilm sohibi ekanligini isbotladilar.

Rosululloh sallallohu alayhi vassalam aytdilar: “Oxir zamonda dunyoga kelgan, ilmiga amal qilgan mening olim ummatlarim Bani Isroil paygʻambarlari darajalariga tengdir” deganlar.

Prezidentimiz hozirgi kunda ilm olishimiz uchun yaxshi bilamizki butun imkoniyatlarini biz yoshlar uchun dunyoni xohlagan rivojlangan davlatlarga borib ilm olish uchun yo‘llar ochilgan. Shu fursatdan foydalanib biz bir talaba sifatida ota-onalarimizda niltimos qilaman farzandlarimizni diniy va dunyoviy bilimlarni egallashga targʻib qilaylik. Davlatimiz va jamiyatimiz uchun buyuk olimlar kerakli insonlar boʻlib yetishib chiqishlariga o‘zkumaklarimizni ayamaylik.

O‘zi o‘qigan, farzandlarini oʻqitib olim qilib jamiyatga oʻqimishli va chiroyli bir hunar egasi qilib tarbiyalaganlarni qalblari nurga toʻladi, dili ravshan bo‘ladi, tasavvuri boyiydi, dunyo qarashi kengayadi.

Bir soʻz bilan aytganda ikki dunyo saodatiga erishib Alloh roziligini topadi. Jamiyatimizda yuz berayotgan turli jinoyatlarni oldini olishimiz va kamaytirishimiz faqat va faqat ilm olish bilan kamayadi.

Bandalarni yaratgan ularga ilm olish farmonini bergan, buyuk paygʻambarlar ulardan olim ummatlar chiqargan Allohga behisob hamdlar bo‘lsin !



Mir Arab oliy madrasasi talabasi
Rahimov Elyor



[1]Muhammad surasi, 19-oyat.

[2]SahihulBuxoriy 10-bob.

[3]HadisvaHayot 3-juz.

[4]TafsiriHilol 5-juz.zumar surasi 9-oyat.

[5]Ihyoulumid-din ImomG’azzoliyilimkitobi.

[6]HadisvaHayot 3-juz.

. .