Annotatsiya. Ushbu maqolada dunyo mamlakatlaridagi ta`limni zamonaviylash sharoitidagi maktab o`qituvchilarning pedagogik malakasini oshirishga qaratilgan zamonaviy metodlar haqida izohlar bayon etilgan. Bunda rivojlangan mamlakatlar bilan birgalikda O`zbekiston ta`limidagi amalda bo`layotgan va amalda bo`lishi rejalashtirilayotgan ta`lim metodlari samaradorligi dalillar keltirilgan. Bunda maktab o`qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan yangi metodlar o`rin egallagan.
Key words. Pedagogik innovatsiya, potensial kichik mavzular, fasilitator, raqamli savodxonlik, sun`iy intelekt, shaxsiylashtirilgan ta`lim, virtual ilovalar, kuratsiya
Hozirgi kunda butun dunyoda ta`lim sifatini oshirish hukumatlar uchun eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Masalan, O`zbekistonda Prezidentning “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida” 2017-yil 26-сентябрdagi PQ-3289-son qarori ijrosini ta’minlash hamda ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish samaradorligini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.2017 yildagi 1026-son qarorini tasdiqlanishi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini butkul o’zgartirdi, hamda yangi bosqichga olib chiqdi. [1]
Zamonaviy ta`limda maktab o`qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirishda dunyo mamlakatlarida olimlar tomonidan ko`plab tadqiqotlar olib borilgan. Quyida chet el olimlarining maktab o`qituvchilarning pedagogik malakasini oshirishga doir bir nechta fikrlarni misol keltiramiz.
Potensial kichik mavzular va asosiy fikrlar:
1. O‘qituvchining o‘zgaruvchan roli:
Bilim tarqatuvchidan fasilitator va maslahatchiga o'tish. O`qituvchi dars jarayonida fan doirasida bilimlarni berish yo`nalishidan. Bilimga ega oquvchilarga oson va tushunarli maslahatlar berishga o`tish metodi darsda o`quvchilarga bilim berishda yaxshi natija beradi. O`qituvchi darsda faqat ilmiy bilimlardan tashqari o`quvchiga kerakli bo`ladigan boshqa bilimlarni ham berib borishi kerak.
O‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish. Bunda o`qituvchi snifdagi o`quvchilarda har qanday bilim va fikrlarga tanqidiy fikr bor bo`lishini uyg`otishi lozim, bu yo`l bilan o`quvchida ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishni osonlashtirish mumkin.
Raqamli savodxonlik va texnologik integratsiyani rivojlantirish. Raqmli savodxonlik deyilganda ta`lim sohasini transformatsiyalash sharoitida dastlab o`qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishda ularga zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish, dars jarayonini raqamlashtirish so`ngra, bu omilni o`quvchilarga o`rgatish nazarda tutiladi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darsda olinayotgan bilimlarni mustahkamlash va esda qolish darajasini oshirish bilan birga, darsni mazmunli o`tishini ta`minlaydi.
2. Pedagogik malaka oshirish texnologiyasidan foydalanish:
Onlayn platformalar va ta'limni boshqarish tizimlari. Ta`lim sohasida pedagogik malaka oshirish rejalari barcha mamlakatlarda mavjud bo`lib, bu sohani isloh qilib har doim yangicha g`oyalarga to`ldirib borishga harakat qilinadi. Bunda yuqorida keltirilgan yangicha metod – onlayn platformalardan foydalanish samarali bo`lishi mumkin. Onlayn platformalardan unumli foydalanish hozirgi davrda zarur vositadir. Bunda vaqt tejash, ortiqcha mablag` sarflamaslik va asosiysi karantinli davr uchun eng maqbul metoddir.
Sun`iy intellekt va shaxsiylashtirilgan ta`lim. Zamonaviy ta`lim tizimida sun`iy intelektdan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Sun`iy intelektdan foydalanish bilimlarni tezroq ko`paytirish va oshirishga yordam beradi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim deyilganda -shaxsni insoniy fazilatlari bilan ulg’ayishi, shaxsni ma'lum sifatlarini shakllantirish, mustaqil fikr yurita olishi, fikrini ravon bayon eta olishi, bilim, ko‘nikma malakalarini rivojlantirishi, o‘zini shaxs sifatida anglab yetishi, qobilyat va imkoniyatlarini to‘la qonli ko‘rsarib berishi tushuniladi. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya deyilganda yuqorida sanab o‘tgan jarayonlarimizni amalga oshirish, uni samarali tashkil etish, muvaffaqiyatli natijalarga erishish uchun qo‘llaniladigan texnika, zammonaviy texnologiyalar, yangi-yangi metodlar tushuniladi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘z nomi bilan shaxsni pedagogik jihatdan ta’lim tarbiyalash jarayoni tushiniladi. [2]
Virtual va kengaytirilgan haqiqat ilovalari. AR yordamida sinfdagi ta’lim g‘ayrioddiy va interaktiv bo‘lishi mumkin, chunki AR o‘qituvchilarga kontseptsiyalarning virtual misollarini ko‘rsatish va darslik materiallarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘yin elementlarini qo‘shish imkonini beradi. Bu o‘quvchilarni tezroq o‘rganish va ma’lumotlarni yodlash imkonini beradi. Inson xotirasi tasvirlarni osongina unutmaydi. Ta'limda kengaytirilgan haqiqatning ba'zi misollari: “Dinosaur 4D+” deb nomlangan AR ilovasi flesh-kartalar to‘plamiga ega bo‘lib, foydalanuvchilarga karta orqali skanerlash orqali 3D dinozavrlarni ko‘rish imkonini beradi. Buning yordamida talabalar dinozavrlarning harakatlarini ko'rishlari va aylantirish, kattalashtirish va boshqalar uchun ilova funksiyalaridan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, ilova har bir dinozavr haqida ba'zi ma'lumotlarni taqdim etadi. "Element 4D" AR ilovasi ta'limdagi kengaytirilgan haqiqatning yana bir istiqbolli namunasi bo'lib, u kimyoni o'rganishni qiziqarli qiladi. Ilova foydalanuvchilarga atom og'irligi, kimyoviy elementlar, ikkita kimyoviy moddalar o'rtasidagi reaktsiya va ularning nomlarini oddiygina ikkita qog'oz kubini maxsus element blokiga qo'yish orqali topish imkonini beradi. Ajoyib emasmi? Ta'limdagi AR/VRning yana bir hayratlanarli namunasi bu Google Expeditions bo'lib , u foydalanuvchilarga sinfdagi vulqonlar, bo'ronlar va hatto DNK kabi 3D ob'ektlarni ko'rish imkonini beradi. Ushbu ilova texnologiya tarixi, oyga qo'nish va boshqalarni o'z ichiga olgan 100 dan ortiq AR ekspeditsiyalarini taqdim etadi. [3]
Raqamli kontent yaratish va kuratsiya. Bu maʼlum bir kontekstda oxirgi foydalanuvchi/auditoriya uchun har qanday ommaviy axborot vositalariga va ayniqsa raqamli mediaga maʼlumotlarning hissasi. Kontent — oʻz-oʻzini ifoda etish, tarqatish, marketing va/yoki nashr etish uchun „nutq, yozuv yoki turli xil sanʼat turlari kabi biron bir vosita orqali ifodalanishi kerak boʻlgan axborot vositasi“. Kontent yaratishning odatiy shakllariga veb-saytlarni saqlash va yangilash, blog yuritish, maqola yozish, fotosuratlar, videografiya, onlayn sharhlar, ijtimoiy media akkauntlarini saqlash, raqamli mediani tahrirlash va tarqatish kiradi. Pew soʻrovi kontent yaratishni “material, odamlar onlayn dunyoga hissa qoʻshish” deb taʼriflagan. [4]
3. Innovatsion o`qitish metodlari:
So‘rovga asoslangan ta’lim va loyihaga asoslangan ta’lim. So`rovga asoslangan ta`lim deyilganda asosan anonim so`rovnomalar asosida va ma`lum statistik ma`lumotlarga asoslanib olib boriladigan ta`lim turi hisoblanadi. Loyihaga asoslangan ta’lim o'quvchilarga chuqur bilim, shuningdek, tanqidiy fikrlash, hamkorlik, ijodkorlik va muloqot kabi ko'nikmalarni rivojlantirishga imkon beradi. LAT, shuningdek, talabalar va o'qituvchilar o'rtasida yuqumli ijodiy energiyani ochib berishi bilan mashhur bo'lib, bu talabalarning faolligini oshirishga va hamma uchun o'quv natijalarini yaxshilashga olib keldi. Loyihaga asoslangan ta’lim maktablarda va boshqa ta'lim muassasalarida har xil usul va har xil darajada tobora ko'proq qo'llanilmoqda. [5]
Hamkorlikda o'rganish va tengdoshlarni baholash. Hamkorlik pedagogikasini samarali amalga oshirishda o‘qituvchilar markaziy o‘rin tutadi. Doimiy o'qitish va malaka oshirish o'qituvchilarni sinfda hamkorlikni osonlashtirish uchun zarur ko'nikmalar bilan ta’minlash uchun zarurdir. Ushbu dasturlar o'qituvchilarga hamkorlikdagi faoliyatni loyihalash va nazorat qilishda, turli xil talabalar guruhlarini boshqarishda va rivojlanayotgan ta'lim talablariga moslashishda yordam berishi mumkin. [6]
Qaytarilgan sinflar va aralash ta'lim. Qaytarilgan sinf usullari ta’limga ilg’or yondashuvni taklif qiladi, yanada interaktiv va shaxsiylashtirilgan o‘rganish tajribasini rivojlantiradi. Texnologiyani qo‘llash va an’anaviy sinf tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish orqali o‘qituvchilar talabalarga o‘quv materiallari bilan yanada dinamik va mazmunli tarzda shug’ullanish imkoniyatini beradi, natijada ularning akademik o‘sishi va muvaffaqiyatini oshiradi.Doimiy rivojlanib borayotgan ta’lim landshaftida innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llash, masalan, teskari sinf modeli o‘rganish tajribasini qayta shakllantirish va talabalarni kelajak muammolariga tayyorlash uchun ulkan salohiyatga ega.Umuman olganda, o‘zgaruvchansinf usullarini qo‘llash talabalarning faolligi, faol o‘rganish va har tomonlama rivojlanishini birinchi o‘ringa qo‘yadigan boyitilgan ta’lim muhitini yaratish majburiyatini aks ettiradi. [7]
Gamifikatsiya va ta'limiy o'yinlar. Gamifikatsiya atamasi bilan biz xulq-atvorga ta'sir ko'rsatish, motivatsiyani oshirish va o'quvchilar ishtirokini rag'batlantirish maqsadida o'quv muhitida o'yin tamoyillari va elementlarini qo'llashni tushunamiz. O'yinlar an'anaviy ravishda o'yin-kulgi yoki o'yin-kulgining bir turi sifatida ko'rib chiqilgan; ammo, ular endi sanoat va ta'lim kabi rasmiy sharoitlarda muhim elementga aylandi. O'yinlar jozibali, jozibali va g'ayratli ekanligi haqida bahslashish mumkin. Bundan tashqari, ular xatti-harakatlarni modellashtirish uchun kuchli vosita sifatida ishlatilishi mumkin. [8]
4. O‘qituvchilarning malakasini oshirish:
Doimiy professional ta'lim jamoalari va murabbiylik. bugungi kunda yoshlarda professional ta’lim, o‘quvchi-yoshlarda kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirish, professonal ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish masalasi eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. Bugungi kunda hamkorlikka asoslangan holda ta’lim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirish strategiyalari, ta’lim-tarbiya tizimining konseptual xususiyatlari va modernizasiyalashning asosiy yo‘nalishlari, ta’lim-tarbiya tizimi rivojlanishining zamonaviy islohotlari, ta’lim-tarbiya jarayonlari tizimining qiyosiy tahlillari va dinamikasiga hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqotlarni o‘rganish alohida e’tiborga molikdir. Shu jihatdan ilg‘or tajribalarni almashish orqali ta’limning tashkiliypedagogik jarayonidagi va boshqarish faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish, yangicha yondashuv, texnologiya va tamoyillarni ishlab chiqish va rivojlantirish zaruratini izohlaydi. [9]
Yuqori sifatli onlayn resurslar va vebinarlarga kirish. Ko'pgina ta'lim muassasalarida Internet darslarga materiallar tarqatish, o'qituvchilar va talabalar, talabalar o'rtasidagi aloqa, shuningdek, asosiy ta'lim texnologiyalari va vositalarini tarqatish uchun faol foydalanilmoqda. Bugungi kunda o'quv materiallarini Tom ma'noda hamma joyda topish mumkin: YouTube-dan "xavfsiz haydash maktablari"gacha. [10] Endi biz zamonaviy uyali telefonlar, noutbuklar va kompyuterlar yordamida ushbu materiallarni ko'rib chiqishimiz va ular bilan ishlashimiz mumkin. Bundan tashqari, e-learning-ning dastlabki "tushunchalari" ham ba'zi o'zgarishlarga duch keldi. Dastlabki bir necha yil ichida ta'lim muassasalari mavjud slaydlar va o'quv materiallarini imkon qadar tezroq internetga joylashtirishga intildilar. Ushbu yondashuvning kashfiyotchisi skillsoft bo'lib, u ta'lim mazmuni bozoridagi eng yirik o'yinchi hisoblanadi. Bugungi e-learning dasturlari o'qituvchi tomonidan boshqariladigan ta'limdan juda farq qiladi: ular Real vaqtda filmlar, onlayn video o'yinlar va to'liq immersion virtual tajribalar sifatida namoyish etiladi va ishlaydi. [11]
Murabbiylik va murabbiylik dasturlari. ar bir inson vaqti-vaqti bilan ruhiy "ko'tarilish"ga muhtoj - munosabatlaringizdan, martabangizdan yoki umumiy baxtingiz va farovonligingizdan qoniqmaysizmi, hayot murabbiylari sizga qiyinroq va noqulay paytlarda yordam berishlari mumkin. Hayot murabbiylarini terapevtlar yoki psixologlar bilan chalkashtirmaslik muhim bo'lsa-da, hayot murabbiylari hayotda muhimroq maqsadni topishga yordam beradi va o'ziga xos xususiyatlaringiz va shaxsiyatingizdan foydalanishga undaydi. [12] Hayotiy murabbiylikdagi birinchi qadam mijozning murabbiyga murojaat qilishidan boshlanadi, ammo muvaffaqiyat murabbiy-mijoz munosabatlari va ularning murabbiylik mashg'ulotlari qanchalik samarali o'tishi bilan baholanadi. Murabbiylar mijozning sog'lig'i haqida doimo xabardor bo'lishlari kerak va ular o'z shartlari va murabbiyning yordami bilan o'z maqsadlariga erishishlarini ta'minlashlari kerak. Aynan shu erda FreeConference.com yordam berishi mumkin - intuitiv veb-uchrashuv xususiyatlari va bepul video qo'ng'iroqlar bilan FreeConference.com mijozlar va murabbiylarni iloji boricha yaqin tutadi. [13]
O‘qituvchilarning yetakchiligi va innovatsiyalari. Zamonaviy o‘qituvchining asosiy maqsadi talabaga (o‘quvchi, talaba) nafaqat ta’lim maskanida, balki butun hayoti davomida o‘qishda muvaffaqiyat qozonish imkonini beradigan rivojlanish darajasini ta’minlashdir. Buning uchun o‘qituvchining o‘zi ilg’or bo‘lishi, o‘quvchilarda shakllantirayotgan ko‘nikmalarning tashuvchisi bo‘lishi kerak. Shu sababli, bizning tez o‘zgaruvchan dunyomizda o‘qituvchida moslashuvchan ko‘nikmalarni rivojlantirish vazifasi ayniqsa dolzarbdir. Hozirgi vaqtda transversal ko‘nikmalarga qiziqish va ularga bo‘lgan ehtiyoj yanada kuchaygan. Texnologiyalar shunchalik tez rivojlanmoqdaki, biz olgan bilimlar juda tez eskirib bormoqda. Shuning uchun hozirgi paytda ko‘p narsani tezda o‘rganish, yangi sharoitlarga samarali moslashish va innovatsion yechimlarni topishni bilgan kishi muvaffaqiyatli natijalarga ega bo‘ladi. [14]
5. Baholash va fikr-mulohazalar:
Shakllantiruvchi va summativ baholash strategiyalari. Summativ baholashning asosiy maqsadi o'quvchilar yoki ta'lim dasturlarining yakuniy natijalari yoki yutuqlarini baholashdir. U o'qitish va o'qitish jarayonlarining samaradorligini umumiy ravishda baholashga yo'l qo'yadi. Summativ baholash odatda kurs, semestr yoki o'quv yili oxirida o‘tkaziladi.Summativ baholashning bir necha asosiy xususiyatlari mavjuddir. Birinchi navbatda, bu baholash usullari o'quvchilarning o'zlashtirilgan bilim darajasini o'rganishga yordam beradi. O'quvchilar o'qitish davomida o'zlarini sinab ko'rish, bilimlarini baholash va o'rgangan ma'lumotlarni qo'llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Formativ baholash o'qitish va o'rganish jarayonida doimiy fikr-mulohaza va yordamni ta'minlashga urg'u beradi. Uning asosiy maqsadi o'quvchilarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, yaxshilash sohalarini belgilash va o'quv natijalarini oshirishga yordam berishdir. Formativ baholash o'quvchining o'zlashtirilgan bilim darajasini oshirish uchun samarador bir vosita sifatida ishlatiladi. Formativ baholashda o'qituvchi o'quv jarayonida o'quvchilar bilim darajasini oshirish uchun ma'lumiyatlarni, ko'nikmalarni va tushunchalarni aralashtiradi. Uning asosiy vazifasi o'quvchilarning o'zlarini baholashlarini, qiziqtirishlarini va muammolarini aniqlash va ularni yaxshilash yo'llarini topishdir. Formativ baholash o'quvchilarning o'z fikrlarini ifoda qilishlariga imkon beradi va ularni o'zlashtirilgan bilimlarni o'sishiga odatiy fikr-mulohazalar va qarorlar olishga o'rgatadi. Formativ baholashning bir necha asosiy usullari mavjud. Misol uchun, o'qituvchi o'quvchilarga o'qish, yozish, fikrlash va muhokama qilish jarayonida bog'liq savollarga javoblar berishni talab qilishi mumkin. [15]
Faoliyatga asoslangan baholash va haqiqiy vazifalar. [16] Baholash-bu har kuni talabaning o’qish jarayonida qaerdaligini baholash orqali amalga oshiriladi. Baholash talabalar asosan o’qituvchi savollar berganda, ularning uy vazifalarini o’qiyotganda va ularning hisobotlarini tinglaganda sodir bo’ladi. Ushbu baholashlar temp, o’rganish strategiyalari va «qaerga borish» bo’yicha o’quv qarorlarini belgilaydi. Eng aniq natijaga erishish uchun talabalar haqiqiy vaziyatlarda kuzatilishi va baholanishi kerak; shuning uchun ta’limni isloh qilishda tez-tez ishlatiladigan «haqiqiy baholash» atamasi. O’lchovlarni amalga oshirish uchun o’quv tanaffusini yaratadigan standartlashtirilgan testlardan farqli o’laroq, baholash sinfdagi darslarning tabiiy oqimining bir qismi bo’lishi kerak. O’quv dasturi talabaning tafakkuri haqida tushuncha berganida, bu talabani baholash uchun tabiiy vaqt. Bunday aniq baho beradigan narsa bo’lishi shart emas-bu siz uchun ham, talaba uchun ham ma’lumot olish uchun bo’lishi mumkin. Baholash jarayoni sizga dastlabki ma’lumotlarni olish imkonini beradi, ularning asosida kurs oxirida olingan ta’lim to’g’risida xulosa chiqariladi. Baholash topshiriqlari turli shakllarda, javoblar esa turli formatlarda bo’lishi mumkin. Bularga sinf testlari, ko’p tanlovli testlar yoki boshqa ob’ektiv testlar, dala yoki loyiha ishlari bo’yicha hisobotlar, uy insholari (kurs ishlari, topshiriqlar), seminar taqdimotlari, studiya ishlari, ijodiy loyihalar, professional nutqlar va an’anaviy cheklangan vaqt imtihonlari kiradi. [17]
O'z vaqtida va konstruktiv fikr-mulohazalarni taqdim etish. O'z vaqtida, aniq va konstruktiv fikr-mulohazalar o'quvchilarga xatolarini tushunishga va ulardan saboq olishga yordam beradi. Bu ham ularni yaxshilash va muvaffaqiyatga erishishga undaydi.
O‘qituvchilarda 21-asr ko‘nikmalarini rivojlantirish:
Zamonaviy davrda samarali o'qitish uchun zarur bo'lgan asosiy kompetensiyalarni aniqlash. O‘qituvchi rivojlanishning yangi traektoriyasiga kiradi, fundamental va amaliy bilimlarni kengaytiradi, kasbiy va shaxsiy fazilatlarni o‘zgartiradi, o‘zini yaratuvchi, innovator, tadqiqotchi sifatida anglaydi, jamiyatdagi ijtimoiy axloqiy va estetik qadriyatlarning tashuvchisi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday jarayonlar uning rivojlanishining “gorizontal” vektori deb ataladigan, o‘z imkoniyatlarini, ongli ehtiyojlarini amalga oshirish yo‘lini yaratadi, bu professional kommunikatorni oqilona fikrlash, natijaga yo‘naltirilgan aks ettiruvchi madaniyat asoslari bilan aks ettiradi. Vazifalar murakkablashgani sayin o‘qituvchining kasbiy malakasi yaxshilanadi. D.M.Ivantsevich va A.A.Lobanovning so‘zlariga ko‘ra, bu "tajriba va mas’uliyat to‘plash bilan birga iste’dodning o‘sishi"dir. “Kompetensiya” tushunchasi jamiyatda keng qo‘llaniladigan atama, shu jumladan psixologik-pedagogik adabiyotlarda bir necha bor ko‘rib chiqiladi. Biroq, mualliflar bitta izoh bermaydilar. N. N. Lobanov kompetentsiyani belgilaydi: “shaxsning tizimli xususiyatlari sifatida” va qismlarni ajratib turadi: kasbiy-ta’lim, kasbiy-faoliyat va kasbiy-shaxsiy. [18]
A. K. Markova konsepsiyani belgilaydigan quyidagi tarkibiy qismlarni aniqlaydi: motivatsion - irodaviy, funksional, kommunikativ va refleksiv. [19] A.G.Asmolov quyidagi formula shaklida taqdim etadi: “kompetensiya – faoliyat – kompetensiya”. Faoliyatda amalga oshiriladigan kompetensiya, uning tushunchasida, shaxs sifatiga, kompetensiyaga o‘tadi. [20]
Ijodkorlikni, tanqidiy fikrlashni va o'qituvchilar o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish strategiyalarini muhokama qilish. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasining maqsadi o‘quvchilarning nafaqat o‘qishda, balki keyingi hayotida ham zarur bo‘lgan aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishdir (aniq qaror qabul qilish, ma'lumotlar bilan ishlash, hodisalarning turli tomonlarini tahlil qilish qobiliyati) va hokazo. Talabalarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda Oliy ta’lim professor-o‘qituvchilarining ta’lim texnologiyalaridan foydalanib darslarni tashkillashtirishga hamda ularda mustaqil ta’lim olishlari uchun qulay shart-sharoitlar. yaratishga bog‘liq hisoblanadi. Bugungi kun pedagoglarimiz hamda ota-onalarimizdan yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor beribgina qolmay balki ular bilan ko’proq suhbatlashish hamda shu bilan bir qatorda yoshlarimizni tanqidiy fikrlashga undash kerakligini talab qilmoqda. Bu borada mamlakatimiz ta’lim-tarbiya sohasida bir qancha islohotlar amalga oshirilyapti. Buning yaqqol misoli sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida” gi PF-5847-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.02.2019 yildagi “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-4199-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.11.2020 yildagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomollashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PQ4884-son Qarorlari ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun xizmat qilayotganini ko‘rishimiz mumkin. [21]
O'qituvchilarni rivojlantirishda maktab madaniyati va etakchilikning ahamiyati. Maktab o’qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirish haqida gap ketganda, eng avvalo, “madaniyat” tushunchasining mohiyatini aniqlab olish zarur. Madaniyat tushunchasi Sharq allomalarining adabiy meroslarida hamda pedagog-psixolog olimlar tomonidan quyidagicha talqin qilingan: “Madaniyat” so’zi zamonaviy nutqda juda keng qo’llaniladi. “Madaniyat” so’zi lotincha “cultural” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “tarbiyalash, o’stirish, rivojlanish, e’zozlash” degan ma’noni anglatadi. Kasbiy madaniyatga oid qarashlar qadimgi qo’lyozmalarda, diniy va didaktik manbalarda o’z aksini topgan. Jumladan, “Avesto”da kasb-hunarga hurmat, kasbga sadoqat, mehnatsevarlik, xushmuomalalikka undovchi hikmatlar, Islom dini ta’limotida mehnat qilish va uning ortidan topilgan boyliklardan zakot berilishi, har bir musulmon kishi o’z kasbining orqasidan halol yo’l bilan rizq topishi kerakligi haqidagi o’gitlar odamlarda kasbiy madaniyat rivoji odob - axloq qoidalariga bog’liq ekanligi asoslangan.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash jozki, uzluksiz malaka oshirish tizimida pedagogning kasbiy, ilmiy, innovatsion faoliyatini rivojlanishtirish masalalari, avvalo, tegishli huquqiy-meyoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash asnosida, so‘ng, “Universitet 3.0” konsepsiyasini joriy etish chora-tadbirlari doirasida muntazam o‘rganish predmetiga aylanishi lozim. Bizningcha, oliy ta’lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini innovatsion rivojlantirish jarayoni yurtimiz uchun pedagoglarni yangi 30 avlod texnologiyalari orqali yaxlit tayyorlash jarayonida natijalar sifatini yangilashning asosiy yo‘nalishi bo‘lib xizmat qilmog‘i darkor.
References:
- 1.Umarova F. A. Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ta`lim sifati va samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati “Ta’limni transformatsiyalash sharoitida rahbar va pedagog kadrlarni malakasini oshirish: zamonaviy tendensiyalar va yondashuvlar” mavzusidagi respublika ilmiy-аmaliy anjuman materiallari. Toshkent - 2023.
- 2.Dusmuradov Q. E. Shaxsga yo’naltirilgan elektron ta’limni joriy etishning mazmun mohiyati INTERBATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER`S THEORY. International scientific journal. ISSN:2992-8885. VOLUME 2. ISSUE:6.
- 3. Abdumo’minov B. S. Ta'limda kengaytirilgan haqiqat (AR). JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS.
4.The International Review of Research in Open and Distributed Learning
- 5.Sharipov J. F, Salohiddinov H. H. Loyihaga asoslangan ta’lim. SCIENTIFIC JOURNAL IMPACT FACTOR (SJIF 2022=5.016).
- 6.Slepkov, M. J. Teacher professional development: A review of the literature. INTERNATIONAL JOURNAL OF EDUCATIONAL RESEARCH AND DEVELOPMENT, 4(1), 63-70. (2019).
- 7.Farmonov Sh. R, Kazimjonova M. H. Flipped classroom texnologiyasidan ta’lim jarayonida foydalanish metodikasi. TA'LIM INNOVATSIYASI VA INTEGRATSIYASI. http://web-journal.ru/ 7 11-son_11-to’plam_Dekabr-2023
- 8.International Society for Technology in Education (ISTE) Standards for Teachers
- 9.Xasanova G. X. O‘zbekiston, Yaponiya va Janubiy Koreya kasb-hunar ta’limi tizimlarining asosiy xususiyatlari //Zamonaviy ta’lim jurnali.– Toshkent, 2018. №3. – B.23-29 (13.00.00; № 10).
10.OECD Teaching and Learning International Survey (TALIS)
- 11.Daminova Yu.S. Oliy ta`lim muassaasalari talabalarini o’qitishda koloborativ ta`limdan foydalanish metodikasi (pedagogika fanlari misolida). “Экономика и социум” №2(117)-1 2024 www.iupr.ru.
12. Journal of Educational Technology & Society
- 13. https://www.freeconference.com/uz/hayot-murabbiylari-veb yig%27ilishlardan – murabbiylik – qilish – uchun – qanday - foydalanishadi/
- 14. Muxidova O. N. Zamonaviy o‘qituvchining transversal kompetensiyalari sifatli ta’lim garovidir. “INKLYUZIV TA’LIMDAN INKLYUZIV JAMIYAT SARI: STRATEGIYALAR, TAJRIBALAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 2024-yil 17-may.
- 15. Xusanova N. B, Adilova S. N. Summativ va formativ baholash tizimi. UZBEK SCHOLAR JOURNAL VOLUME - 28, May - 2024 www.uzbekscholar.com.
- 16. UNESCO Institute for Lifelong Learning
- 17. Bazarbaeva A. K. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini baholash mezonlari. Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил №12) ISSN 2181-1709 (P) 76. Education and innovative research 2022 y. №12
- 18. Лобанова Н. Н. Профессионально-педагогическая компетентность преподавателей системы повышения квалификации и переподготовки специалистов как условие совершенствования их образования // Проблемы, поиски, опыт. СПб. 1992. С. 12–19
- 19. Маркова, А. К. Психология труда учителя. — М.: ЭКСМО, 2003. 395 с
- 20. B. Aminov, M. Meliqo`ziyeva. O‘qituvchida zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirish yo‘llari “ORIENTAL ART AND CULTURE” SCIENTIFIC METHODICAL JOURNAL / http://oac.dsmi-qf.uz Volume 4 Issue 3 / June 2023.
Bozorov Vahobiddin Nuriddinovich
Mir Arab oliy madrasasi o'qituvchisi
Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti