MEHR VA MURUVVAT
Muallif: . .
Sana: 06.03.2023
656

Alloh taoloning goʻzal sifatlaridan biri “Rahmon” boʻlib, bu Uning barcha maxluqotlariga mehribon va rahimli ekanligiga dalolat qiladi. Parvardigorimiz Oʻzining rahmatidan bir qismini bandalariga ham berganki, insonlarning oʻzaro mehr muruvvatlari anashundan ekanligiga dalolat qiladi. Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: “Moʻmin boʻlmaguningizcha jannatga kirmaysizlar, bir biringizga mehr muruvvatli boʻlmaguningizcha moʻmin boʻlmaysizlar”, dedilar. (Imom Muslim rivoyati).

Hadisda, “Moʻmin boʻlmaguningizcha jannatga kirmaydi”, deyilgan.

Jannatga fakatgina moʻminlargina kiradi, moʻmin boʻlish uchun nogiron kishilarga, katta yoshli bobo-buvilarga, ota-onaga, qarindash urugʻlarga, yetim-yesirlarga, qarindosh qoʻshniga, begona qoʻshniga xam, yaxshilik qilgan inson jannatga kiradi. Hadisda, “ Bir biringizga mehr muruvvatli boʻlmaguningizcha moʻmin boʻlmaysizlar”, deb aytilgan.

Bundan maksad, inson avvalo qoʻlidan kelganicha kishilarga yordam bermoqligi, boshlariga tushgan musibatga koʻmaklashmoqligi kerakdir.

Birovga mehr koʻrsatish qanchalik savobli va qanchalik sharafli ish ekani Qurʼoni Karimda va Hadisi shariflarda zikr qilingan. Zero, bu oxiratdan umidi boʻlgan har bir insonga xos boʻlgan fazilatlardandir. Qurʼoni Karimda yetimlarga yaxshilik qilish savobli ekani bayon qilinar ekan, oʻz navbatida mehr muruvvatini darigʻ tutish yomon odat ekani uqtiriladi. Muxtojlar, miskinlar, bemorlar, nogironlar, yoshi ulugʻ kishilar, xususan ota-onaga yaxshilik qilish, mehr muruvvat koʻrsatish dinimiz talab qiladigan amallardandir.

Paygʻambarmiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: “Bemorlarni ziyorat qilinglar, ochlarga taom beringlar, qarzdorlarga qarzini uzishga yordam beringlar”, deb marhamat qilganlar. (Imom Buxoriy rivoyati).

Boshka bir hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz ummatlarini mehr muruvvatli boʻlishga daʼvat etib, shunday deganlar: “Kimki biror kishini yaxshi ishga dalolat qilsa, unga oʻsha yaxshilikni bajarganning savobi beriladi.” (Imom Muslim rivoyati).

Demak Alloh taoloning rahmatiga erishi uchun katta va kichik hammaga mehr muruvvatli boʻlish darkor.

Haydarov Abdugʻolib

Mir Arab oliy madrasasi 4-bosqich talabasi

. .