OILAVIY MUNOSABATLARNI MUSTAHKAMLASHDA ISLOMIY QADRIYATLARNING O‘RNI
Muallif: . .
Sana: 17.09.2026
119

Islom ta'limoti inson hayotining barcha jabhalariga kirib boradi. Kishining shaxsiy hayoti, oiladagi roli va oilaviy munosabatlari, jamiyatdagi o'rni l, vazifa va majburiyatlari - bularning barchasining islomiy me'yorlari mavjud bo'lib, ushbu me'yorlar inson hayotini tartibga solari, jamiyat taraqqiyotiga sabab bo'ladi va baxtli hayot uchun poydevor hisoblanadi. Oxirgi yillardagi statistikalarga qarasangiz oilalardagi ajrashish holatlari ko'payib borayotganiga ko'zingiz tushadi. Oiladagi kelishmovchiliklarning asosiy sababi esa dinimiz va qadriyatlarimizga zid bo'lgan ishlar, ilmsizlik johillik ortidan kelib chiqayotgani ham ko'pchilikka siz emas. Muqaddas dinimiz oilada er uchun alohida, uning fiziologik, psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib vazifa va majburiyatlar yuklagan, shuningdek ba'zi huquqlarni bergan. Ayolga ham huddi shunday, jismoniy va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib vazifalar majburiyatlar, shu qatorda haq- huquqlar bergan. Hattoki orada kelishmovchilik yuzaga kelsa qanday yo'l tutish kerakligini ham bayon qilgan. Avvalo, islom erlarga oilada ayollar bilan yaxshilik va totuvlik bilan hayot kechirishga buyuradi. Alloh taolo Niso surasi 19- oyatda:

(و عاشروهن بالمعروف) "Ular(ayollaringiz) ila yaxshilikda yashang" deb buyurdi.
Musulmon erkak Alloh taoloning ushbu buyrug'iga labbay deb javob bermog'i lozim.Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam biz uchun ahli ayoliga qanday munosabatda bo'lish borasida haqiqiy namunadir. U zot alayhissalom o'zlari ayollariga yaxshi muomala bo'lardilar. Ularga mehribonlik ko'rsatardilar, uy ishlarida ba'zan yordam berardilar. Sahobalarga ham o'z ahllariga yaxshi bo'lishlarini buyurardir.

Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilinadi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Sizlarning eng yaxshingiz, ahli oilasiga yaxshi bo'lganingizdir. Men sizlarning ahli oilasiga eng yaxshingizman" dedilar. (ibn Moja rivoyati). Demak dinimiy erkaklarni oilasiga gozal muomala qilishga, ularga yaxshilik qilishga buyuradi. Boshqa bir hadisda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar:
Menga jahannam ko'rsatildi, uning ahlining aksari ayollardir, kufr keltiradilar". Sahobalar : " Allohga kufr keltiradilarmi?" deb so'rasalar, "Erlariga noshukrlik qiladilar, yaxshilikka noshukrlik qiladilar. Ulardan biriga uzoq vaqt yaxshilik qilsang-u, sendan ozgina kongilsiz narsa ko'rib qolsa, sendan hecham yaxshilik ko'rmadim deydi" deb marhamat qildilar. Bu hadis bilan Nabiy alayhissalom ayollarni erlariga, ularning yaxshiliklariga shukr qilishga, oilaviy munosabatlarni qadrlashga buyuryaptilar.

Yuqoridagi gaplardan xulosa qilishimiz mumkinki, oilani asrab avaylash uchun er-u xotin birgalikda harakat qilishlari kerak. Er xotinini e'zozlashi, unga mehr ko'rsatishi va yaxshi muomalada bo'lishi, shuningdek, xotin ham erining yaxshiliklarini qadrlashi, noshukrlik qilmasdan yonida yelkadosh bo'lib turishi lozim ekan. Ana shunda oila mustahkam bo'ladi. Bunday oiladan jamiyatni yuksaltiradigan, ruhan, ham jismonan sog'lom farzandlar yetishib chiqadi va jamiyat ravnaqiga o'zining hissasini qo'shadi.

Sahihi Buxoriy kitobi va internet manbalari yordamida tayyorlandi.

Mir Arab oliy madrasasi 4-bosqich talabasi
Sobirov Asrordin

. .